Toshkent kimyo-texnologiya institutida «UMIDLI KIMYOGARLAR-2025» XXXIV yosh olimlarining respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
2025-yilning 30-31-may kunlarida Toshkent kimyo-texnologiya institutida «UMIDLI KIMYOGARLAR-2025» XXXIV yosh olimlarining respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Bugun konferensiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda institut rahbariyati, professor o'qituvchilar, xorijiy mehmonlar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Akademik faoliyat bo'yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich «UMIDLI KIMYOGARLAR-2025» XXXIV yosh olimlarining respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasini kirish so'zi bilan ochib berdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida o‘tkazilayotgan “UMIDLI KIMYOGARLAR–2025” XXXIV yosh olimlarning respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi doirasida talabalar tomonidan dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
Bugungi ilmiy sessiyada bir qator iqtidorli yoshlar o‘z izlanishlari natijalarini quyidagi mavzularda yoritib berishdi:
Asliddin Umaraliyev Faxriddin o‘g‘li – Yashil iqtisodiyot uchun ta’lim: kelajak avlodlarni barqarorlikka tayyorlash
O‘ng‘arov Sardor Alisher o‘g‘li – Sanoat va maishiy oqava suvlarni tegishli tozalash texnologiyalarining ilmiy asoslari
Xumara Abdashimova Abrarovna – Maklura pomifera mevasidan biologik faol birikmalar olish
Abduhakimova Dinora Ilxom qizi – O‘quv jarayonida virtual reallik texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va istiqbollari
Kadirniyazova Shoira – Dentin synthesis based on the system Na₂O–MgO–K₂O–Sb₂O₃–Al₂O₃–SiO₂–ZrO₂
Maqsudova Nigora – Organik kimyo, texnologiya, ijodkorlik
Tashbaev Jakhongir – The use of Portland cement in dentistry: properties, applications, and advancements
Mazkur ma’ruzalar zamonaviy kimyo, texnologiya, ekologiya, ta’lim va tibbiyot yo‘nalishlarida dolzarb masalalarni qamrab olgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Konferensiya yosh tadqiqotchilar uchun o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etish, yangiliklar bilan o‘rtoqlashish va professional aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“UMIDLI KIMYOGARLAR–2025” konferensiyasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib o‘tayotgan “UMIDLI KIMYOGARLAR–2025” XXXIV yosh olimlarning respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasining ochilish marosimi va dastlabki ilmiy sessiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ilmiy ma’ruzalar bilan faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimidan so‘ng ishtirokchilar uchun kofe-brek tashkil etilib, norasmiy muhitda muloqot va fikr almashish imkoniyati yaratildi.
Kunning ikkinchi yarmida konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettiriladi.
Har bir sho‘bada sohaga oid dolzarb ilmiy mavzular muhokama qilinib, yosh olimlarning innovatsion g‘oyalari tinglanadi.
Konferensiya davom etmoqda. Yangiliklardan boxabar bo‘lib boring!