Toshkent kimyo-texnologiya institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga kirish test sinovlari bo'lib o'tdi.
(https://t.me/tktiuz/33475)2025-yil 21-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga kirish test sinovlari bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya institut mas'ullari va komissiya a'zolari ishtirok etishdi. Imtihon jarayonlarini Akademik faoliyat bo'yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, kirish so'zi bilan ochib berib, talabgorlarga imtihonda muvaffaqiyat tiladi. Shundan so'ng imtihon jarayonlariga start berildi.