Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Intellektual kimyo texnologiya tizimlari” Ilg‘or muhandislik maktabi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
2025-yil 13-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “O‘zkimyosanoat” AJ hamkorligida tashkil etilgan “Intellektual kimyo texnologiya tizimlari” Ilg‘or muhandislik maktabining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Shuningdek marosimga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zkimyosanoat” AJ, Toshkent viloyati hokimiyati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Chirchiq shahri filiali “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki rahbariyati va Ommaviy axborot vositalari xodimlari tashrif buyurdi.
Chirchiq kimyo-industrial texnoparki hududida joylashgan mazkur maktab kimyo sanoati uchun zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan, xalqaro talablarga javob beradigan muhandis-texnologlarni tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Dasturlar ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim jarayonida talabalar bevosita sanoat korxonalarida real loyihalar va tadqiqot ishlarida ishtirok etadi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Intellektual kimyo texnologiya tizimlari” Ilg‘or muhandislik maktabining ochilish marosimi tantanali tarzda boshlandi.
Tadbirni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu muhandislik maktabining tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Rektor o‘z nutqida mazkur muhandislik maktabi kimyo sanoati uchun xalqaro talablarga javob beradigan, oliy malakali muhandis kadrlarni tayyorlash, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, yangi avlod kimyoviy texnologiyalarini yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, muhandislik maktabi ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni o‘zida mujassam etgan kompleks ekotizim sifatida faoliyat yuritib, ishlab chiqarishda dolzarb bo‘lgan muammolarni amaliy yechimlar bilan ta’minlashda muhim platformaga aylanishi qayd etildi.
Ochilish marosimi davomida sohaga bevosita aloqador mutasaddi va hamkor tashkilotlar vakillari ham so‘zga chiqib, yangi muhandislik maktabining ahamiyati va istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xususan, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov o‘z nutqida kimyo sanoatini rivojlantirishda malakali muhandis kadrlar tayyorlashning muhimligini ta’kidlab, mazkur Ilg‘or muhandislik maktabi sanoat ehtiyojlari bilan uyg‘un holda faoliyat yuritishiga ishonch bildirdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati boshqarma boshlig‘i Kulbekova Nasiba Zakirovna ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, yosh mutaxassislarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishda bunday muhandislik maktablarining o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi.
Tomsk politexnika universiteti (Rossiya) Kimyo va biotibbiyot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Trusova Marina Yevgenyevna xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha ikki tomonlama ilmiy-tadqiqotlar, akademik almashinuv va qo‘shma innovatsion ishlanmalar uchun keng imkoniyatlar yaratishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki direktori Muxamedov Jasur Davronovich muhandislik maktabi bilan sanoat maydonlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, startaplar va amaliy loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali real natijalarga erishish mumkinligini bildirdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yil davomida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida institut jamoasining ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlar, grantlar, olimpiadalar hamda nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlari alohida e’tirof etildi. Ilmiy maqolalari, innovatsion ishlanmalari va samarali pedagogik faoliyati bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘qishda, ilmiy izlanishlarda va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib, institut nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan iqtidorli talabalar ham rag‘batlantirildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bunday e’tirof va rag‘batlar kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etish uchun kuchli motivatsiya bo‘lishini ta’kidladilar.
Mazkur taqdirlash marosimi Toshkent kimyo-texnologiya institutida bilim, ilmiy salohiyat va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash doimiy ustuvor yo‘nalish ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbir doirasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Xususan, institut “Chirchiq Chemical Quality” korxonasi, “EASY 860” korxonasi, “Bionovatic Agro” QK, “Rhodium Polymer” QK MChJ hamda “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlarini imzoladi. Ushbu kelishuvlar doirasida zamonaviy o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun ishlab chiqarish va bitiruvoldi amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish nazarda tutilgan
Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Qozog‘iston universiteti (M. Auezov nomidagi) Chirchiq filiali bilan ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda akademik mobillikni rivojlantirishga qaratilgan
mzolangan memorandumlar Toshkent kimyo-texnologiya institutining sanoat va xalqaro hamkorlar bilan uzviy aloqalarni mustahkamlash, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi.
“Intellektual kimyo texnologiya tizimlari” Ilg‘or muhandislik maktabining ochilish tadbirlari doirasida muassasaning lenta kesish marosimi bo‘lib o‘tdi va maktab rasman o‘z faoliyatini boshladi.
Tantanali ochilish marosimida institut rahbariyati, soha mutaxassislari, hamkor tashkilotlar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Ramziy lenta kesilishi bilan Ilg‘or muhandislik maktabi zamonaviy ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni birlashtirgan yangi ilmiy-ta’lim maydoni sifatida ish boshlagani e’lon qilindi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari muhandislik maktabining o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga laboratoriyalarda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy asbob-uskunalar, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur Ilg‘or muhandislik maktabi kimyo sanoati uchun yuqori malakali, amaliy tajribaga ega muhandis kadrlarni tayyorlash, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Rasmiy ochilish marosimi Toshkent kimyo-texnologiya institutida innovatsion rivojlanish va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.
“Intellektual kimyo texnologiya tizimlari” Ilg‘or muhandislik maktabining ochilish marosimi doirasida Ommaviy axborot vositalari ishtirokida Press-tur tashkil etildi.
Chirchiq kimyo-industrial texnoparki hududida joylashgan mazkur maktab kimyo sanoati uchun zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan, xalqaro talablarga javob beradigan muhandis-texnologlarni tayyorlashni ko‘zda tutadi. Dasturlar ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim jarayonida talabalar bevosita sanoat korxonalarida real loyihalar va tadqiqot ishlarida ishtirok etadi.
Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati kimyo sanoatida transformatsiya ontologiyasini — ya’ni raqamli, ekologik va texnologik yangilanish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, sanoat korxonalarining dolzarb muammolariga amaliy yechimlar ishlab chiqish, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalar yaratishga qaratilgan. Maktab huzurida polimerlar texnologiyasi, silikat materiallar va nodir metallar, nanokimyo, texnologik jarayonlarni modellashtirish, shuningdek, resurstejamkor texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilindi.