Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida 1-bosqich talabalari uchun "1-kurs maktabi" hamda "Tanishtiruv haftaligi" tadbirlari davom etmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida 1-bosqich talabalari uchun "1-kurs maktabi" hamda "Tanishtiruv haftaligi" tadbirlari davom etmoqda.

Kuni kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi faxrli ustozimiz professor A.U.Erkayev ishtirok etdilar.

Ustozimiz talabalarga kafedra faoliyatini professor o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar ustoz -shogirt tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Suhbat davomida talabalarga tyutorlar tomonidan institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalarning institut oldidagi majburiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari 1-kurs ijara xonadonida istiqomat qilayotgan talabalarga ijara shartnomasi tuzish hamda ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimi bo'yicha tushuntirib berdilar.