2025-yil 7-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xinjiang Sanoat-texnika kolleji delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik va transformatsiya departamenti boshlig‘i Z. Babaxanova, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani A. Normatov hamda Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i S. Saidaxmadovl;ar ishtirok etishdi.
Xitoy delegatsiyasi tarkibida Xalqaro almashinuv va hamkorlik maktabi bosh ofisi direktori Rena Guli Wubuli, To‘qimachilik muhandisligi maktabi dekan o‘rinbosari Huang Fabai, Oziq-ovqat muhandisligi maktabi dekan o‘rinbosari Zhang Zhiqiang hamda Xalqaro almashinuv va hamkorlik maktabi kotibi va rahbari Ma Ling ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar akademik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichidagi talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, Xitoy–O‘zbekiston Do‘stlik kolleji tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Xinjiang Sanoat-texnika kolleji o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.