Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrantlari uchun amaliy mashg‘ulotlar “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida joylashgan “EASY” korxonasida tashkil etildi.

 2025-yil 25-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrantlari uchun amaliy mashg‘ulotlar “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” hududida joylashgan “EASY” korxonasida tashkil etildi. 

Mazkur korxona sanoat jarayonlarining samaradorligini oshirish, texnologik uskunalarni korroziya va boshqa salbiy omillardan himoya qilish, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

– demugatorlar – neft va suvni samarali ajratish uchun qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar;

– korroziya ingibitorlari – quvur liniyalari va sanoat uskunalarini korroziyadan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kimyoviy vositalar;;

– biotsidli yuvuvchi vositalar – biologik ifloslantiruvchilarga qarshi yuzalarning samarali tozalanishini ta’minlovchi faol moddalarga asoslangan preparatlar;

– maishiy kimyo vositalari – turli yuzalarni tozalashga mo‘ljallangan kimyoviy mahsulotlar.

Mashg‘ulot davomida talabalar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari, zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda mahsulot turlari bilan yaqindan tanishdilar. Bunday amaliy darslar talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda, shuningdek, sanoatdagi innovatsion yondashuvlarni amaliy o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi.