Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida 1-bosqich talabalari uchun "1-kurs maktabi" hamda "Tanishtiruv haftaligi" tadbirlari davom etmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida 1-bosqich talabalari uchun "1-kurs maktabi" hamda "Tanishtiruv haftaligi" tadbirlari davom etmoqda.

Bugungi mashg'ulotlarda Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Sh.B.Buxorov "Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi" kafedrasi mudiri R.Adilov, "Texnologik mashina va jihozlar" kafedrasi mudiri G.Hakimovalar ishtirok etishdi.

Dars davomida fakultet dekani Sh.B.Buxorov talabalarga o'quv jarayonlari va baholash tizimi kredit modul tizimi bo'yicha batafsil ma'lumot berib o'tdi. So'ngra kafedra mudirlari kafedra tarixi, kafedrada faoliyat olib borayotgan yetuk kimyogar olimlar, kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berdilar.