Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ushbu yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Talabalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.R.Erkayev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut psixologlari, Profilaktika inspektori, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut bosqichidagi yetakchisi, barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida sentabr oyida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni yot g‘oyalardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni oshirish hamda muammoli holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oktyabr oyi uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish haftaligi” hamda “Giyohvandlikka qarshi kurash” mavzularidagi profilaktik uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, har bir fakultetda mas’ullar mas’uliyatini oshirish, talabalarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etish zarurligini ta’kidladi.