Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qishki maktab o‘z faoliyatini boshladi

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qishki maktab o‘z faoliyatini boshladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining investitsiyalarni jalb etish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan topshiriqlarini ijro etish maqsadida, TKTI rektorining 2025-yil 10-dekabrdagi 449-son buyrug‘iga asosan “Toshkent: madaniyatlar uyg‘unligi, maʼrifat va taʼlim” mavzusida Xalqaro qishki maktab tashkil etildi.

Qirg‘iz Respublikasi Osh davlat universiteti bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mazkur qishki maktab 11–18 dekabr kunlari o‘tkazilmoqda. 

Loyihani tashkil etishda “Tillar” kafedrasi dotsenti G.N.Tavaldiyeva, kafedra mudiri K.D.Davlatov va dotsent R.U.Torejanovalar mas’ul etib belgilangan.

11-dekabr kuni institutga Osh davlat universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar kutib olinib, TKTI mehmonxonasiga joylashtirildi, mehmonlar orasida biologiya, kimyo hamda ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Ular qishki maktab tinglovchisi sifatida qatnashish bilan birga, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan Memorandum doirasida tajriba almashish, yangi ilmiy yo‘nalishlar, jumladan, dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirganlar.

Xalqaro qishki maktab tasdiqlangan dastur asosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.