Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Eszterhazi universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Eszterhazi universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati va Vengriyaning Eszterhazi universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki oliygoh o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori – Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro aloqalar va transformatsiya bo‘yicha prorektor – Babaxanova Zebo Abdullayevna, Xalqaro aloqalar, investisiyalar va reyting bo‘limi boshlig‘i – Saidaxmadov Saidumarxon Saidabror o‘g‘li, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekani – Normatov Anvar Mirzayevich, Sanoat muhandisligi va menejment fakulteti dekani – Sherzod Jalilov, Enologiya va bijg‘ish mahsulotlari kafedrasi mudiri – Akmal Boboyev Eszterhazi universiteti tomonidan esa Universitet rektori – Ilona Pajtók-Tari, Ta’lim bo‘yicha prorektor – Hajnalka Csáfor, Prorektor – István Novák ishtirok etishdi.

Ilmiy va akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat, vinochilik va menejment sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘z oliygohlari faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlikdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich vinochilik va vino texnologiyalari yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, talabalar almashinuvi va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.

Vengriya tomoni esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan vinochilik sohasidagi ilmiy anjumanga Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillarini taklif etdi.

Hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralarni boshlashga kelishib olindi, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish rejalashtirildi, ikki oliygoh o‘rtasida xalqaro anjumanlarni hamkorlikda o‘tkazish, jumladan TKTIda fevral oyida bo‘lib o‘tadigan “Women in STEM” xalqaro forumiga Eszterhazi universiteti delegatsiyasini taklif etish belgilandi.