Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasining Bolgariyaga tashrifi va xalqaro hamkorlik loyihalari kelishildi.
2025-yil 9-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshlig‘i Z.Babaxanova, rektorning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi G.Aripova, Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i R.Mirsamikova, "Enologiya va bijg‘ish maxsulotlari texnologiyasi" kafedrasi dotsenti X.Xasanov hamda katta o‘qituvchisi P.Sharipovlar Bolgariya Respublikasidagi Neofit Rilski Janubiy-G‘arbiy universitetiga rasmiy tashrif buyurishdilar.
Tashrif davomida Nefoit Rislki universitteining rektori Nikolay Marin va ilmiy va o‘quv dasturlari direksiyasi direktori Ivanka TSankova bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Neofit Rilski universiteti o‘rtasida amalga oshirilayotgan ikki yirik xalqaro loyiha – Erasmus+ KA220-HED dasturi doirasidagi "Oliy ta’limda innovatsion STEM strategiyalarini integratsiyalash bo‘yicha magistrlik darajasi" va Bolgariya universiteti tomonidan moliyalashtirilayotgan "Development of an Efficient Compact Module for Filter Water" qo‘shma ilmiy loyihalari muhokama qilindi. Loyihalar oliy ta’limda ilg‘or yondashuvlarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish va ta’lim hamda ilmiy faoliyatni integratsiyalashni maqsad qiladi.
Amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning maqsad va vazifalari, amalga oshirish bosqichlari hamda istiqbolli natijalari yuzasidan fikr almashildi. Ushbu tashrif ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va innovatsion aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Bolgariyaga tashrif 14-iyungacha davom etadi.
Ma’lumot uchun: Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2023-yildan beri Bolgariyaning Neofit Rillski Janubiy-G‘arbiy universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilgan.
Neofit Rilski Janubiy-G‘arbiy Universiteti koordinatorligi ostida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ "Oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari KA220-HED dasturi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkor tashkilot sifatida "Oliy ta’limda innovatsion STEM strategiyalarini integratsiyalash bo‘yicha magistrlik darajasi" xalqaro loyihasida qatnashmoqda.
2023-2025-yillarda TKTI professor o‘qituvchilari Bolgariyaning Neofit Rilski Janubiy-G‘arbiy Universitetida ilmiy anjumanda qatnashgan. Bolgariya universitetining 10 nafar professor-o‘qituvchisi TKTIda stajirovka o‘tgan, 2025-yil 12-13-fevral kunlari xamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro "Women in STEM" forumida 6 nafar professor o‘qituvchi qatnashgan, hamda TKTI talabalariga o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
2025-yil 11-fevral kuni Bolgariyaning Janubiy-G‘arbiy Neofit Rilski universiteti rektori Nikolay Marin boshchiligadi delegatsiya TKTIga tashrifi doirasida, institut rektori B.Usmonov bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va STEM-ta’limni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hozirgi vaqtda hamkorlikda Bolgariya universiteti tomonidan moliyalashtiriladigan "Development of an efficient "Compact module for filter water" qo‘shma ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.
2025-yil 8-15-iyun kunlari TKTIning 3 nafar xodimi Bolgariyaning Janubiy-G‘arbiy Neofit Rilski universitetida "11th International Conference in Modern trends in science, FMNS-2025" ilmiy anjumanda qatnashishi, 2 nafar xodimi ilmiy loyiha doirasida amaliy tashrif, hamda 14 nafar TKTI talabalarning texnologik amaliyoti Bolgariyada tashkil etilishi reja qilingan.