Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi о‘zgarishlar, aholi turmush hayoti bilan yaqindan tanishish, istiqboldagi rejalarni belgilash maqsadida, Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan amalga oshirilayotgan о‘quv va ilmiy ishlar bо‘yicha chora tadbirlar rejasiga binoan “Kimyo” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, kafedra mudiri dotsent A.A.Nabiyev, kafedra dotsenti M.E.Axmedov va kafedra assistenti A.G‘.Axmadjonovlar 2025 yil 9-10 aprel kunlari Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.
Xizmat safari rejasi bо‘yicha quyidagi topshiriqlarni amalga oshirish belgilab olindi:
1. 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kimyo fani bо‘yicha 8-11 sinflar uchun namunaviy darslarini tashkil etish.
2.Kimyo va kimyo texnologoya sohasiga qiziquvchi о‘quvchilarni institutga jalb qilish uchun institut faoliyati, istiqbolli rejalari bilan tanishtirish.