Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida bir qator uchrashuv va o‘quv mashqlari tashkil etildi.

Kimyoviy injiniring fakultetida “Yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori B. Ochilov, fakultet dekan o‘rinbosari D.T. Siddiqov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish, nosoz qo‘lbola elektr uskunalaridan voz kechish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar atroflicha yoritildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Shuningdek, institut Talabalar turar joyida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etdilar.

Mashg‘ulotlar davomida:

Yong‘inlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralariga oid tushuntirishlar berildi;

Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi o‘rgatildi;

Yong‘in-qutqaruv texnikalari va zamonaviy o‘t o‘chirish vositalari amalda namoyish etildi;

Shartli yong‘in sahnalashtirilib, birlamchi yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ko‘rsatib berildi.

Bunday tadbirlar talabalar ongida yong‘in xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarning yong‘in xavfsizligi haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida uchrashuv va maxsus-taktik mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Oziq-ovqat va vinochilik fakultetida “Yong‘in xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, birlamchi o‘t o‘chirish anjomlaridan foydalanish va favqulodda holatlarga shay turish bo‘yicha muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Muloqot chog‘ida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, nosoz qo‘lbola elektr jihozlaridan foydalanmaslik va yong‘in xavfsizligini ta’minlashda zarur choralarni ko‘rish masalalari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, institut Talabalar turar joyida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etdilar.

Mashg‘ulotlar davomida:

Yong‘inlar kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralariga oid tushuntirishlar berildi;

Zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi o‘rgatildi;

Yong‘in-qutqaruv texnikalari va zamonaviy o‘t o‘chirish vositalari amaliy namoyish etildi;

Shartli yong‘in sahnalashtirilib, birlamchi yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ko‘nikmalar ko‘rsatildi.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida yong‘in xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sanoat muhandisligi va menejment fakultetida talaba-yoshlarning yong‘in xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, nosoz elektr jihozlari va qo‘lbola uskunalardan foydalanmaslik, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish masalalari keng yoritildi.

Shu bilan birga, institut Talabalar turar joyida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari ham o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari talabalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, yong‘inlarning oldini olish choralari haqida tushuntirishlar berdi.

Mashg‘ulotlarda yong‘in-qutqaruv texnikalari va zamonaviy o‘t o‘chirish vositalari namoyish etildi, shartli yong‘in sahnalashtirilib, birlamchi yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy harakatlar ko‘rsatildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan savollariga javob olishdi va foydali amaliy tavsiyalar bilan boyitildilar.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida talaba-yoshlarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish borasida muhim tushunchalar berildi.

Ayniqsa, kuz-qish mavsumida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, nosoz elektr jihozlari va qo‘lbola uskunalardan foydalanmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, institut Talabalar turar joyida “Yong‘indan ogohlik” kampaniyasi doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqlari ham o‘tkazildi. Unda yong‘in-qutqaruv texnikalari va zamonaviy o‘t o‘chirish vositalari amaliy namoyish etildi, shartli yong‘in sahnalashtirilib, birlamchi yong‘inni o‘chirish ko‘nikmalari ko‘rsatib berildi.

Yakunida talabalar mutaxassislarga o‘z savollarini yo‘llashdi va zarur amaliy tavsiyalar bilan boyitildilar.