Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya “O‘zsuvta’minot” AJ hududiy suv ta’minoti xodimlari uchun 2025-yil 6-guruh malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Toshkent kimyo-texnologiya “O‘zsuvta’minot” AJ hududiy suv ta’minoti xodimlari uchun 2025-yil 6-guruh malaka oshirish kurslari o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur kurslar davomida tinglovchilarga:

ichimlik va oqova suvlaridan namunalar olish,

zamonaviy uskunalardan foydalanish,

eritmalar tayyorlash,

ilg‘or usullarni o‘zlashtirish. bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Mashg‘ulotlar institutning Sanoat ekologiyasi va “Yashil” texnologiyalar kafedrasi hamda boshqa kafedralarning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Bugun kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar institutimizning Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Malaka oshirish kurslari suv ta’minoti sohasida mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.