Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetida 60720300 - Vinochilik texnologiyasi, bijg`ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi bo‘yicha 4-bosqich talabalari uchun DAK bitiruv malakaviy ishi himoyasi o‘tkazildi.
Tadbirni Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich kirish so'zi bilan ochib berdi, fakultet dekani A.M.Normatov talabalarni samimiy tabrikladi va ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tiladi.
Bitiruv malakaviy ish himoyasi Enologiya va bijg'ish mahsulotlari texnologiyasi kafedrasining doimiy hamkori "Mexnat agrofirma" sida bo'lib o'tmoqda
Himoya jarayoni DAK raisi, «Mehnat» Agrofirmasi sifat boʻyicha direktor oʻrinbosari Ishmuxamedova Sojida, Doniyorovich Yangiyoʻl «Biokimyo» AJ bosh texnologi, t.f.n Turboev Baxodir Doniyorovich, Boboev Akmal Xatamovich, «Enologiya va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi mudiri PhD Abdullaeva Barno Atabekovna, «Enologiya va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, t.f.n. Irgasheva Gulmira Raximjanovna, Enologiyava bijgʻish mahsulotlari texnologiyasikafedrasi dotsenti, PhD Rustambekova Firuza Furkatovna, «Enologiya va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, PhD Abduraximov Akmal Xodjiakbarovich, «Enologiya va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi dotsent v.v.b., lieva Muhabbat Ilxomjonovna boshchiligida tashkil etildi.
Talabalar o‘z ilmiy ishlari yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyish etdilar. Savol-javoblar chog‘ida ular o‘z ta'lim yo'nalishi bo‘yicha yetarli bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega ekanliklarini ko‘rsatib berishdi. Har bir bitiruv ishi komissiya a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda baholandi.