2025-yilning 30-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i M.B.G‘ulomov, 2-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik R.S.Toshev, Shayxontohur tumani Huquqbuzarliklar bo‘limi boshlig‘i M.D.Qudratov, IIV mas’ul xodimi Sh.Sh.Suyunov, institut profilaktika katta inspektori A.N.Jumanov professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berib, shu kunlarda Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganligini, Oylik davomida joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida tadbirlar tashkil etilayotganligini ma'lum qildi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi. Yoshlarning bu yo‘lga kirib qolishining oldini olish dolzarb masala ekani ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashish har bir ongli fuqaroning mas’uliyatli burchi ekani uqtirildi.