Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

2024-yilning 15-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori Jumanazarov Akmal Ruzikulovich agentlik vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori Jumanazarov Akmal Ruzikulovich, Direktorning ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti direktori Saidoripov Lazizbek Furqatjonovich, O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati UzTEST markazi direktori Kattaxodjayev Javlon Yuldashxodjayevich, O‘zbekiston standartlar instituti direktori Qodirov Doniyor Baxtiyarovichlar ishtirok etishdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutidan, rektor Usmonov Botir shukurillayevich, Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti dekani Baltabayev Ulug‘bek Norboyevich, Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedrasi mudiri Sanayev Ermat Shermatovich va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuv texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida kadrlar tayyorlash masalalariga bag'ishlandi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ushbu sohada berilgan muhim topshiriqlarga muvofiq tashkil etildi. 2024-yil 26-fevralda Prezidentimiz texnik jihatdan tartibga solish tizimini isloh qilish, sohaga xorijiy konsultantlarni jalb qilish va xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Shuningdek, 2024-yil 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda oliygohlarda hamkor korxonalarda kafedralar ochish va dual ta’lim tizimini joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda Agentlik vakillari va universitet rahbariyati Prezident belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar. Xususan: texnik ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish uchun dual ta’lim tizimini rivojlantirish, “Texnik tartibga solish” yagona elektron axborot tizimini kadrlar tayyorlash jarayoniga integratsiya qilish, hamkor korxonalarda yangi kafedralar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tashrif buyuruvchilar Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan Spin-OFF laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur uchrashuv Prezident topshiriqlarini amalga oshirishda, texnik ta’limni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti bu yo‘nalishda o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.