Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida PUBG Mobile kibersport turniri bo'lib o'tdi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida PUBG Mobile kibersport turniri bo'lib o'tdi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida PUBG Mobile o‘yini bo‘yicha kibersport (eSport) turniri tashkil etildi.  

Tadbirda fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Dj.T. Sidikov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.  

Bunday musobaqalar talaba-yoshlar orasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik, intellektual salohiyatni rivojlantirish va kibersportni ommalashtirishga xizmat qiladi.  

Turnir natijalari:  

1-o‘rin – TMJ-TIME (25-07 guruhi)  

2-o‘rin – STRIKE (25-15 guruhi)  

3-o‘rin – MEDIA-X (25-23 guruhi)  

G‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va kelgusida ham shunday ijobiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz!