2025-yil 8-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari” fakulteti raxbariyati va kafedra mudirlari, doktorant, magistr talabalar 8-10 aprel kunlari Ozekspomarkazda UzFood oziq-ovqat, ingredientlar, qadoqlash va ishlab chiqarish texnologiyalari ko’rgazmasiga tashrif buyurishdi.
Xorijiy va maxalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnologiyalar, uskuna – jixozlar, mahsulot sifat ko’rsatgichlari bilan hamkor korxonalar vakillari bilan uchrashib, fikr almashishdi.
Oziq-ovqat, ingredient mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari bilan "Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari" fakultet dekani U.N. Baltabayev, hamda tegishli kafedra mudirlar A.T.Ro’zibayev, A.M.Normatov, X.Usmonjonova, A.X.Babayevlar soxa vakillari bilan xamkorlik, xo’jalik shartnomalar, talabalarni ish bilan ta’minlash, dual ta’lim masalalari bilan suhbat o’tkazishdi.
Xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan seminar va ko’rgazmali treningda faol qatnashishdi. Korxona vakillariga institutimiz haqida, tarkibi, ilmiy ishlanma, salohiyati va tashrifdan maqsad korxonaning yangi ishlab chiqariladigan maxsulot va texnologiyalar bilan o’rtoqlashish, uchrashuvlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 4 ta (Xitoy, Belorusiya, Koreya, Rossiya avlatlari ) soxa korxona institutga taklif etildi.
Ko’rgazmada korxona vakillariga yangi ma’lumotlar, texnologiyalar va maxsulotlar degustatsiya jarayoni a’lo darajada tashkil etilganli uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.