Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida o’quv-uslubiy Kengashning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 2025-yilning 8-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida o’quv-uslubiy Kengashning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor Safarov Toyir Tursunovich boshchiligida o’quv-uslubiy kengash a'zolari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda 2025/2026-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalari yuqori kurslarida o'qitiladigan fanlaming o'quv dastur (sillabus)larini TOP-300 talikka kirgan xorijiy OTMlarining ta'lim dasturlari asosida ishlab chiqish, Institut bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini korxonada tashkil etilishi, korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini har yili imzolanishi, 2025/2026-o'quv yili uchun Masofaviy ta'limni boshqarish tizimi(LMs platformasi) hamda turli masalalar muhokama etildi.