Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "SALOM TALABALIK" nomli talabalar oqshomi ko'ngilochar tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich kirish so'zi bilan ochib berdi.
Talabalar oqshomida go'zal raqslar, turli xil qiziqarli shartlar, karaoke, gulxan atrofida gitara ohangi, sport o'yinlari o'tkazildi, shuningdek talabalar o'zlarining she'rlari, ijod namunalari, kuy-qo'shiq va raqslari bilan ishtirok etdilar.