Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Respublika ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Toshkent shahar boʻlimi hamkorlikda Respublika ishchi guruhi Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 13-mart kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan institutdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit hamda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshirilayotgan faoliyat oʻrganildi. Dastavval tashrif buyuruvchilar institut rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich bilan uchrashdilar.
Ishchi guruh a'zolari tomonidan insitutda
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlim boshligʻi, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan oʻrinbosarlari va tyutorlarning ish rejasining mavjudligi va ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati.
Tahsil olayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil, tarbiyasi ogʻir, oʻzlashtirishi past talabalarga psixologik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyilganligi.
Diniy ekstremizm, OITS, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik bilan bogʻliq salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan ishlar holati.
Professor-oʻqituvchilar va boshqa xodimlar hamda talabalar orasida sodir etilgan huquqbuzarliklar holati.
Huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan profilaktik ishlar holati.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar soni, rasmiylashtirilishi, tadbirlarga mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislarning jalb etilishi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari va tyutorlarning ish faoliyati bilan tanishib chiqildi.
🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan tadbirlar, qamrab olingan talabalar soni, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi faoliyati bilan tanishildi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhining ish faoliyati forma bilan ta'minlanganlik holati ko'zdan kechirildi.
Talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, to'garaklar faoliyati, talabalarning qamrab olinganlik darajasi ko'zdan kechirildi.
Sport musobaqalarining tashkil etilishi, hududiy mintaqaviy miqyosidagi sport musobaqalarda, jumladan “Universiada”, “Talabalar ligasi”, “5 tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida talabalarning ishtiroki.
Talabalarning axloqiy meʼyorlar hamda ichki tartib-intizom qoidalariga rioya etishi va munosabati o'rganildi.
Talabalardan ijtimoiy ma'naviy-muhitga oid so'rovnoma olindi.
O'rganishlar davomida "Ma'naviyat xonasi" "Yoshlar ittifoqi xonasi" hamda Adiblar hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Muzeyning" mavjudligi, Axborot resurs markazlarida kitoblarning yetarliligi o'rganildi.
Shuningdek ta'lim va tarbiya uyg'unligida olib borish hamda yanada sifatli tashkil etish yuzasidan takliflar tingland