Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Burundi respublikasi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Samarqand shahrida o‘tayotgan Yunesko Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, texnika fanlari doktori, pedagogika fanlari doktori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich Burundi Respublikasi Milliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Fransua Xamyarimana bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Burundi Respublikasi Milliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnomaga asosan tomonlar:
ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini tashkil rush;
ikki davlat o‘qituvchilari va talabalarining malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish
masalalarida kelishuvga erishdilar;
qo’shma ilmiy loyihalarni oshirish.
Bu hamkorlik O‘zbekiston va Burundi o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida ilgari surilgan barqaror ta’lim, ilmiy innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish g‘oyalariga uyg‘un tarzda amalga oshirildi.