2025-yil 28-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi
Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Yig'ilish avvalida Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy kengashida “O‘zbekiston va Rossiya” olimlariga “Faxriy professor” diplomlari topshirildi.
Ilmiy kengash raisi, B.Sh. Usmonov tomonidan ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, halqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ta’lim va fan sohasida ilg‘or tajriba almashinish maqsadida Sankt-Peterburg Davlat sanoat va dizayn universiteti rektori Lukanin Pavel Vladimirovichga Toshkent kimyo-texnologiya institutning kengash qarori asosida “Faxriy professor” diplomini topshirdi.
Kengash davomida Rossiya Federatsiyasining “SPDSDU” rektori P.V.Lukanin so‘zga chiqib ko‘p yillardan buyon hamkorlikda ishlab kelayotgan “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiya” kafedrasining professori Raxmonberdiyev Gʻaffor Raxmonberdiyevichga ham Sankt-Peterburg Davlat sanoat va dizayn universitetining “Faxriy professor” diplomini topshirildi.
Shuningdek Ispaniyaning Kantabriya universiteti doktorantura bitiruvchilari Kamolov Azizbek Baxtiyor o'g'li hamda To'raqulov Zafar Safarovichlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
2025-yil 28-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi
Yig'ilish davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, mas'ullarning hisobotlari tinglandi.