Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

2025-yilning 21-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori professor Usmonov Botir Shukurillayevich, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha rektor maslahatchisi Akramov Olimxon Axrorovich, fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda institut rektori yoshlarga “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori hamda yangi 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da talaba-yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shundan soʻng institutning xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shu jumladan, akademik almashinuv asosida xorijda taʼlim olish imkoniyatlari xususida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuvda avvalo mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek, ulugʻ maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan shijoatli yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir. Ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligi taʼkidlandi.

Talaba-yoshlarni institutda amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur institutning oʻz anʼanalari, bu yerda kamol topgan mashhur ustozlar toʻgʻrisida, oldingi oʻquv sharoitlari bilan hozirgi oʻquv sharoitlari oʻrtasidagi keskin farqlar, hozirda institut rahbariyatining talabalarga ilm olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida gapirib oʻtildi.

Bugungi uchrashuvda talabalar institutdagi oʻqitish tizimi, darslarning sifati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ochiq va erkin fikrlar bildirish kerakligini taʼkidlab soʻzni talaba-yoshlarga berdi.

Uchrashuv yakunida, yuqorida talabalar tomonidan berilgan takliflar va muammolarni bartaraf etish boʻyicha institutning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi yuzasidan masʻul rahbar va xodimlarga koʻrsatma berildi va yoshlar tomonidan berilgan savollari muammolarini ijobiy hal etish va amaliy yordam berilishi belgilandi.