Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari Tojikiston Texnologiya Universitetidagi xalqaro forumda ishtirok etdilar

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari Tojikiston Texnologiya Universitetidagi xalqaro forumda ishtirok etdilar

2025-yil 1-noyabr kuni Tojikiston Texnologiya Universitetida “Tojikiston Texnologiya Universitetining mamlakatni jadal sanoatlashtirishga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlandi.

Forumda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xotin qizlar kengashi raisi, professori G.Aripova va Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i R.Mirsamikovalar ishtirok etdilar.

Xalqaro forumda oziq-ovqat sanoatidagi innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini amaliyotga joriy etish, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Tojikiston texnologiya universiteti o‘rtasida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi.

Hamkorlik ramzi sifatida universitet rektori i.f.d., professor Raxmonzoda Zoir Fayzali va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor t.f.n., dotsent Xuseyn Ikromyga Toshkent kimyo-texnologiya instituti nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.