Joriy yilning 4-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba-yoshlar hamda rektor uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'lim boshlig'i Jo'raqulov Zokir Nomozovich, Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Yusupova Lola Azimovna, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga ko'tarilganligi, yoshlarning o'z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi taʼkidlandi. Shuningdek ishtirok etgan talaba-yoshlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga hamda murojaatlariga atroflicha javob oldilar.