Ijtimoiy tarmoqlar

TTJda ma’naviyat, ilm va muloqot uyg‘unligi

TTJda ma’naviyat, ilm va muloqot uyg‘unligi

Talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy faolligi va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksaltirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Kimyoviy injiniring fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida “Kafedra kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari N.Zulyarova, xotin-qizlar ishlari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Bekmuratova hamda “Kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Mamajonov, T.Olimov, Z.Alixonova, X.Otaboyev, G.Sidikova, M.Atamuratova, N.Shamadinova, B. Jo'rayevalar ishtirok etdilar. Ular talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, fan va hayotiy masalalar yuzasidan suhbatlar olib borishdi.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida yoshlarning huquqiy ongi va ma’naviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan muhim mavzularda ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” hamda “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” kabi dolzarb mavzularda ochiq muloqotlar tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar talabalarni hayotga hushyorlik bilan qarash, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalanish va ijtimoiy faollikni oshirishga da’vat etdilar.

Tadbir doirasida fakultet tyutorlari tashabbusi bilan “Kimyo”, “Orasta qizlar” va “Ingliz tili” to‘garaklarining navbatdagi mashg‘ulotlari tashkil etildi. 

Bunday tadbirlar nafaqat bilim va tarbiya, balki talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, TTJdagi muhitni yanada ijobiy va samimiy ruhda boyitish uchun ham xizmat qilmoqda.