Ijtimoiy tarmoqlar

Turkiston san'at saroyining yozgi amfiteatrida Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi" bo'lib o'tdi.

2024-yilning 24-may kuni "Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun ajoyib bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Bellashuvda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoalari ishtirok etadilar.

Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining "Toshkent shahar hokimi kubogi" uchun bo'lib o'tgan bellashuvda Toshkent kimyo-texnologiya institutining "ATOM" jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar masalalari va ma'anaviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov boshchiligidagi institut jamoasi va talaba-yoshlari ko'rik tanlovga tashrif buyurdilar.

“Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” bellashuvida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "ATOM" jamoasi faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritib, Toshkent shahar hokimligining esdalik sovg'alari sohibi bo'ldilar.

Shuningdek "ATOM" jamoasi a'zosi Bunyodbek "Eng quvnoq yigit" nominatsiyasi sohibi bo'ldi.