Ijtimoiy tarmoqlar

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri

 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri

Kuni kecha Neft va gaz texnologiyalari fakultetida “Ustozga ehtirom” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tantanali marosim ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning ta’lim-tarbiya sohasidagi beqiyos xizmatlarini qadrlashga bag‘ishlandi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berdi. O‘z nutqida u o‘qituvchi va murabbiylarning kelajak avlodni bilimli, ma’naviy barkamol va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi hamda barcha ustozlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bayram dasturida “Yangi nafas” jamoasining jonli ijrodagi qo‘shiqlari, samimiy she’rlar, dilbar raqslar namoyishi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek, “Ustoz hayot me’mori” nomli videorolik hamda talabalarning ustozlarga bag‘ishlangan samimiy chiqishlari dasturga yanada badiiylik va mazmun bag‘ishladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bunday ehtirom tadbirlari ustozlar qalbida cheksiz quvonch, talabalarda esa ularga nisbatan chuqur hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashini ta’kidladilar.

Ushbu bayram tadbiri, shubhasiz, o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan ehtiromni yanada oshirib, ta’lim jarayonida ustoz va shogird o‘rtasidagi mustahkam rishtalarni kuchaytirishga xizmat qildi.