Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinyapti. Mazkur kurslar 2025-yil uchun Talaba va o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan reja asosida amalga oshirilmoqda.
Qayd etilganidek, ushbu kurslarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarga onlayn shaklda navbatdagi 6 soatlik ma'ruza dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.
B.N.Boborajabov tomonidan darslar zamonaviy yondashuvlar asosida olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti tajribasi asosida innovatsion metod va texnologiyalardan samarali foydalanildi.
Ushbu kurslar tyutorlarning kasbiy malakasini oshirish, ta’lim va tarbiyaning uyg'unligi hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.