Ijtimoiy tarmoqlar

Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari: zamonaviy yondashuv va innovatsion metodlar

Avval xabar berilganidek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinyapti. Mazkur kurslar Talaba va o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan reja asosida amalga oshirilmoqda. 

Qayd etilganidek, ushbu kurslarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N. Boborajabov ma'ruzachi sifatida oflayn va onlayn shaklda dars-mashg'ulotlarini olib bormoqda. Bu galgi darslar oflayn shaklda tashkil etildi. B.N Boborajabov Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari tyutorlariga o‘z bilim va tajribasini jonli muloqot asosida ulashdi.  

B.N.Boborajabov tomonidan darslar zamonaviy yondashuvlar asosida olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti tajribasi asosida innovatsion metod va texnologiyalardan samarali foydalanildi. 

Ushbu kurslar tyutorlarning kasbiy malakasini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Bu safar kurslarning oflayn shaklda o‘tkazilishi ishtirokchilar uchun yuzma-yuz muloqot imkoniyatini yaratdi.