Ijtimoiy tarmoqlar

Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

 Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinyapti. Mazkur kurslar 2025-yil uchun Talaba va o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan reja asosida amalga oshirilmoqda. 

Qayd etilganidek, ushbu kurslarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarga onlayn shaklda navbatdagi 6 soatlik ma'ruza dars mashg'uloti bo'lib o'tdi. 

Malaka oshirish kurslarining navbatdagi darslarida:

talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va rejalashtirish;

ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta'minlash yo‘llari;

taym-menejment asoslari;

madaniy-ma'rifiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish texnologiyalari;

talabalarni tanlovlar va to‘garaklar faoliyatiga jalb qilish;

globallashuv jarayonida axborot xurujlariga qarshi kurash va ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta'minlash;

talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlari;

talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash usullari yo'nalishlari bo'yicha B.N.Boborajabov tomonidan masofaviy tarzda ZOOM platformasi orqali zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarni taqdim etdi. Ushbu kurslar tyutorlarning kasbiy malakasini oshirish, ta’lim va tarbiyaning uyg'unligi hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.