Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

 2025-yilning 25-fevral kuni Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va sifati kafedrasi mudiri E.Sanayev hamda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirokida Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi..

Dastlab talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlardan qay darajada unumli foydalanilayotganligi va xonalarning tozaligi yuzasidan bir nechta xonalar ko‘zdan kechirildi, o‘qishdan bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish yuzasidan bir qancha takliflar berildi hamda qavatlar doirasida "eng yaxshi xona", "Eng yaxshi kitobxona talabalar xonasi" naminatsiyasi bo'yicha xonalar saralanib olib, kafedra tomonidan esdalik sovg'alari topshirishdi. 

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan qizlar uchun alohida "Siz kelgusida olima bo'lasiz" shiori ostida davra suhbati ham tashkil etildi. 

Ushbu suhbatda yuritimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berilib o'tildi