Ijtimoiy tarmoqlar

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir institut kasaba uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda jamoa a’zolari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida faol qatnashdilar.

Ayniqsa, ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida voleybol musobaqasi katta qiziqish bilan o‘tkazildi. Bellashuvlar jarayonida jamoalar o‘zlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy uyg‘unliklarini namoyish etdilar.

Mazkur tadbir institut kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilib, jamoa a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida shaxmat hamda shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Intellektual bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z bilim, mantiqiy fikrlash va strategik yondashuvlarini namoyish etdilar.

Musobaqalar do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat va o‘zaro hurmat asosida o‘tdi.

Mazkur tadbir institut kasaba uyushmasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir doirasida erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar jarayonida jamoalar o‘z mahoratlari, jismoniy tayyorgarliklari hamda jamoaviy ruhini namoyon etdilar.

Musobaqalar do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat va sport ruhida o‘tdi. 

 Tadbir yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich jamoa a’zolarini bayram bilan samimiy tabriklab, ularning faol mehnati va institut hayotidagi faolligini alohida e’tirof etdi.

Rektor o‘z so‘zida kasaba uyushmalarining jamoa manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda mehnat jamoasida do‘stona muhitni mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatini ta’kidladi.

Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona muhit va bayramona ruhda o‘tdi.