Joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.
Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovini e’lon qilgan edi.
Bugun ushbu tanlov, Toshkent kimyo-texnologiya institutida yuqori saviyada tashkil etilib, unda 55 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.