“Uzbekistan GTL” MChJ korxonasi mutaxassislari tomonidan 2023-yil 25-26-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutining neft va gazni qayta ishlash, kimyoviy texnologiya, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, texnologik mashina va jihozlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan so‘nggi bosqich bakalavriatura va magistratura talabalari o‘rtasida 1-bosqich yozma va 2-bosqich og‘zaki suhbat asosidagi tanlov imtihonlari o‘tkazildi.
1-bosqichda jami 90 ta bitiruvchi ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 2- bosqichda 23 nafari bitiruvchi imtihondan ijobiy o'tdi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
Keyingi bosqich yakuniy bosqich bo'lib, ushbu bosqich “Uzbekistan GTL” MChJ korxonasida amalga oshiriladi.