“Uzbek Import Fair 2025” I-Xalqaro ko‘rgazmasi
2025-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tashabbusi bilan “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusida “Uzbek Import Fair 2025” nomli I-Xalqaro ko‘rgazma o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari - Salijonova Shaxnozaxon Dilmurodovna va Gaipova Shaxnozaxon Saidazim qizi o‘z ilmiy faoliyatlari doirasidagi loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.
Ular ko‘rgazmadagi samarali ishtiroklari uchun sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir doirasida Bojxona qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan panel sessiyalarda aql markazlari, oliy ta’lim muassasalari olimlari hamda tegishli vazirlik va tashkilotlarning tajribali mutaxassislari ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma 2025-yil 7–9-oktabr kunlari davom etadi.