Ijtimoiy tarmoqlar

"Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" Milliy qadriyatlar va tarixiy xotirani mustahkamlash yo‘lida navbatdagi muhim qadam

 "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" Milliy qadriyatlar va tarixiy xotirani mustahkamlash yo‘lida navbatdagi muhim qadam

Yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, tarixiy merosimizga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu ochiq debatda Kimyoviy injiniring fakulteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida talabalar o‘z fikr va qarashlarini ochiq bayon etish, muhim ijtimoiy-madaniy masalalar yuzasidan bahs-munozaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bahslar davomida Vatanimiz tarixiga, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va madaniy merosiga bo‘lgan hurmat, yoshlarning ijtimoiy faolligi, Vatanga daxldorlik tuyg‘usi atroflicha yoritildi.

Debat shaklidagi muloqotlar talabalarning nutq madaniyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va analitik tahlil qilish qobiliyatlarini oshirishda muhim omil bo‘ldi. Eng asosiysi, bu kabi tadbirlar orqali yoshlar qalbida milliy o‘zlik, fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat hissi yanada mustahkamlanmoqda.

Bu kabi ma’rifiy tashabbuslar har bir yoshga: “Men Vatan kelajagiga daxldorman!” degan iftixor va ishonchni singdiradi.