Ijtimoiy tarmoqlar

Vengriya universiteti bilan yangi hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

 Vengriya universiteti bilan yangi hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Vengriyaning Obuda universiteti prorektori Andrash Molnar va bir qator mas'ulloar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi loyiha doirasida keyingi istiqbolli rejalarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Shu o‘rinda, Jizzax viloyatida avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha “Injenerlar maktabi”ni tashkil etish loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, aynan ushbu loyiha doirasida agrar sektordagi keyingi qadamlarni belgilash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Vazir o‘rinbosari Alisher Shukurov Vengriya bilan talabalar almashinuvi yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomon uchun ham foydali ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida Alisher Shukurov Andrash Molnarning taklif va tashabbuslarini mamnuniyat bilan tinglashga, o‘zaro muloqotni davom ettirishga va Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakolatlari doirasida har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Obuda universiteti Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo‘lib, muhandislik va amaliy fanlar fakultetlari va dasturlari 130 yillik boy an’analarga ega bo‘lgan mamlakatdagi eng qadimgi o‘quv yurtlaridan biridir.