Vengriyaning Obuda universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Vengriyaning avtomobilsozlik va texnika yo‘nalishida muhandis kadrlar tayrlashga ixtisoslashgan Obuda Universiteti prorektori Andrash Molnar va “Smart Industry” texnorarki rahbari Antal Nemet O‘zbekistonda bo‘lib, Qishloq xo‘jaligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirliklarida, shuningdek, bir nechta oliygoh va korxonalarga tashrif buyurishdi.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etilgan uchrashuvda Prezident Administratsiyasi Hududlarni kompleks rivojlantirish departmenti rahbari oʻrinbosari Ulug‘bek Husainov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov ishtirok etishdi.