“Kelajak soati” rukni ostida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi
Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Kelajak soati” rukni ostida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Darsni institutning Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori, texnika fanlari nomzodi T.T.Safarov olib bordi.
Ma’ruza davomida talabalar bilan kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish va o‘z hamda atrofdagilarning hayotiga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi haqida fikr almashildi.
Shuningdek, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi yangiliklar, yoshlarning kasbiy o‘sishida ma’rifatning o‘rni ham yoritib o‘tildi.
Dars yakunida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
“Kelajak soati” doirasida o‘tkazilayotgan bunday ma’rifat darslari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni bilimli, mas’uliyatli va faol hayot pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.