Ijtimoiy tarmoqlar

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Joriy yil 17-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari T.Sh.Usmonov, sport targ’ibotchisi, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirni Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari T.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berdi. 

Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun aqlni charxlovchi shaxmat-shashka,Arg'imchoqda sakrash hamda milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan arqon tortish sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.