Ijtimoiy tarmoqlar

Voleybol musobaqasi bo’lib o’tdi

Voleybol musobaqasi bo’lib o’tdi

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalar turar joyida tashkil etilgan sport musobaqalari doirasida voleybol bahslari bo‘lib o‘tdi.

Talabalar o‘z mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyish etib, qiziqarli hamda murosasiz o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.

Musobaqa davomida talabalar o‘rtasidagi do‘stona muhit, sportga bo‘lgan qiziqish va g‘alabaga intilish aniq ko‘zga tashlandi.

Sport musobaqalari davom etmoqda! Qolgan turlarda ham barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.