Xalqaro hamkorlik doirasida tashrif!
2025-yil 15-oktyabr kuni institutimizga Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti (texnika universiteti) professori, filologiya fanlari doktori Makarova Inna Sergeevna tashrif buyurdilar.
Professor Inna Sergeevna 16–18-oktyabr kunlari Tillar kafedrasida bo‘lib, 25-60 MK va 25-66 IQT guruhlarida ingliz tilidan amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy seminar o‘tkazdilar.
Ushbu tashrif o‘zaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.