Ijtimoiy tarmoqlar

Xalqaro amaliy seminarlar!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi” kafedrasi dotsenti O.T. Azizov “O‘zbekiston agrooziq-ovqat sektorini rivojlantirish strategiyasi” loyihasi doirasida xalqaro seminarlarida faol ishtirok etmoqda.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi va Yevropa Ittifoqining ASK Facility hamkorligida tashkil etilgan.

14–15 iyul – “Oziq-ovqat va parhez mahsulotlarini yorliqlash”

16–17 iyul – “Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologiyasi” mavzularida seminar trening tashkil etildi.

Seminarlar mutaxassislar bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.