O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 04.06.2022 yildagi 20-sonli bayoni hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kuzatuv Kengashining 2022-yil 7-fevraldagi 1-sonli bayoni asosida qabul qilingan “O‘rta va uzoq muddatli strategik rivojlanish dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan har bir OTM tomonidan xorijdagi yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga ega yuqori malakali chet el o‘qituvchi va olimlarini jalb etish maqsadida Biotexnologiya kafedrasi mudiri A.M.Normatov hamda xalqaro bo’limi boshlig’i Z.A.Babaxanovnalar tomonidan Hindistonning Integral universiteti professorlari “Bioinjeneriya” kafedrasi mudiri Alvina Farooqui, Bioenergetika yo’nalishi bo’yicha mutaxassis Gyanendra Tripathi Biotexnologiya va bioenergetika yo’nalishi va magistratura mutaxasisligi talabalariga mahorat darslarini o’tib berdilar.
Dars juda qiziqarli va mazmunli o’tdi. Talabalar tomonidan sohaga oid bir qancha savollar berildi. Berilgan savollarga to’la qonli javob olindi. Tadbir yakunida kafedra mudiri va talabalar tomonidan minnatdorchilik bildirildi hamda hamkorlikni uzluksiz davom ettirishligini kelishib olindi.