Ijtimoiy tarmoqlar

Xalqaro simpoziumda institutimiz vakillarining faol ishtiroki!

Xalqaro simpoziumda institutimiz vakillarining faol ishtiroki!

2025-yil 22–26-aprel kunlari Istanbul shahrida GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) tomonidan tashkil etilgan "Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasidagi amaliy tadqiqotlar va akademik hamkorlik: barqaror kelajak yo‘lidagi muvaffaqiyatli tajribalar va yutuqlar" nomli xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nufuzli tadbirda Yevropa Ittifoqidan Latviya, Litva va Slovakiya universitetlari, Markaziy Osiyodan esa Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston oliygohlarining vakillari ishtirok etmoqda.

Simpoziumda institutimizdan Oziq-ovqat va parfumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi professori, Prof. G.Z. Djahangirova – “Markaziy Osiyoda oziq-ovqat texnologiyalari bo‘yicha barqaror ta’lim uchun o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish va mintaqada yangi mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish” va “Mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida ‘Gluten Free’ non qalamchalari (grissini) ishlab chiqarish texnologiyasi”

mavzularida ma’ruza qildi.

Ushbu ma'ruzalarda pedagoglarning malakasini oshirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu yo'nalishda Yevropa universitetlari bilan hamkorlik va qo'shma ta'lim (Double degree) dasturlarining ahamiyati yoritib berildi.

Bundan tashqari, institutning Doktorantura va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i A.B.Kamolov “Ilmiy loyihalarning moliyaviy barqarorligi va ularni moliyalashtirish: Markaziy Osiyodagi hamkorlardan amaliy misollar – TKTI misolida” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. Taqdimot davomida barqaror rivojlanish loyihalari va moliyaviy mexanizmlar bo‘yicha institutimiz tajribasi bilan o‘rtoqlashildi.