Ijtimoiy tarmoqlar

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan haftalikning 3-kun dasturi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Zakovat” intellektual tadbiri tashkil etildi. Tadbir Sanoat muhandisligi va menejment fakultetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institut xotin-qizlar kengashi raisi, fakultetlarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, “Qizlarjon” klubi a’zolari hamda institutning intellektual salohiyatga ega iqtidorli qizlari ishtirok etishdi.

“Zakovat” intellektual bellashuvi — nafaqat bilim sinovi, balki qizlarimizning salohiyati, tafakkuri, iqtidor va iste’dodini namoyon etuvchi, ularning jamiyatdagi faol o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ezgu tashabbus bo‘ldi.

Tadbir yakunida g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:

Eng iqtidorli qizlar — Neft va gaz texnologiyalari fakulteti

Eng salohiyatli qizlar — Kimyoviy injiniring fakulteti

Eng bilimli qizlar — Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti

Eng zukko qizlar — Sanoat muhandisligi va menejment fakulteti

Tadbir davomida qizlarimiz o‘zlarining bilim va zakovatlarini namoyon etib, faol ishtiroklari bilan barchaga ijobiy kayfiyat ulashdilar.

Shuni ta’kidlash joizki, bu kabi intellektual o‘yinlar talabalarimizning bilim, dunyoqarash va ijodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.