Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti "Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari" fakultetida talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash maqsadida “Xavfsiz va sog‘lom dargoh” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i O.Jamolov, Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari K.Tursunov, Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Matanov hamda 2-IIB boshlig‘i T.Egamberdiev ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida:
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish,
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish,
internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish,
zararli oqimlar va yot g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish,
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni mustahkamlash masalalari atroflicha yoritildi.
Mutasaddilar tomonidan talabalarga o‘z huquq va burchlarini to‘liq bilish, qonunlarga hurmat bilan qarash, kelajakka ongli yondashish haqida tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, ularni nafaqat bilimli, balki mas’uliyatli, sog‘lom fikrli, vatanparvar shaxslar sifatida tarbiyalash zarurligi ta’kidlandi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, muammoli vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi. Uchrashuv muloqot va savol-javob ruhida o‘tganligi bois, talabalar faol qatnashib, o‘z fikr va takliflarini ham bildirishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni ogohlikka undash, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va ta’lim dargohida barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.